O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi QQ-214-IV-sonli qaroriga asosan “Ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik tanlov natijalariga ko‘ra, yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalarni bo‘yicha taqdirlanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi
KQ-214-IV-sonli qaroriga asosan “Ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik tanlovining viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruvi organi” nominatsiyasi bo‘yicha - Sariosiyo tuman 18-sonli umumta’lim maktabi direktori Avazov Saydali Ergashovich;
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha -“Nogironlar”jamiyati raisi Normo‘minova Muhabbat Xo‘janazarovna;
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti” nominatsiyasi bo‘yicha - Rajabova Hurniso Rustamovna;
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro” nominatsiyasi bo‘yicha Afrosiyob mahallasi fuqarosi Shoymardonova Shohida Asadovna.