"Deputat mahallada"
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputati X.Naimov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida "Navro‘z" mahallasida bo‘ldi. Mazkur mahallada aholi tomorqalaridan unumli foydalinilish holatlari, ko‘chalarni obodonlashtirish hamda aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan joyiga chiqqan holda uyma-uy yurish orqali o‘rganish olib bordi. Natijada qarovsiz qolgan yerlar haydalinishi, ko‘chalar tozalanilishi hamda aholi muammolarining hal etilishi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishiga erishildi.