Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan 20 ga yaqin turli soha va yo‘nalishdagi muammo va takliflar qabul qilindi.
Murojaatlarning aksariyati, doimiy ishga joylashish, tibbiy xizmat, moddiy yordam, uy ta'miri uchun yordam hamda kommunal sohaga oid muammolarni o‘z ichiga oldi.
Qabul davomida yo‘llangan murojaatlarning salmoqli qismi joyida ijobiy hal etildi.
Muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq berilgan bo‘lsa, bir qancha murojaatlarga qonuniy jihatdan tushuntirishlar berildi.