Bugun yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar xalqimizning farovon turmush tarzi, baxtli hayot kechirishini ko‘zlab amalga oshirilmoqda. Bu borada hech bir soha vakillari,
keksa-yu yosh e’tibordan chetda qolmayapti. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Erkin Jalolov har bir xonadonga kirilib, ularning turmush tarzi, ish bilan bandligi, muammolari o‘rganilmoqda va kerakli ko‘mak berilmoqda. Bugun ham shunday hayrli ishlar amalga oshirildi. Deputati Erkin Jalolov Konimex tumani Zafarobod Mfy "Shodlik" va "Konchilar" ko'chalarida yashovchi yakka yolg‘izlar Sitnik Lidiya va Ivanova Avgustina onaxonlarimizning xolidan xabar olib, tezkor tibbiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan ayollarga bepul dori-darmon berilib, tibbiy xizmat ko‘rsatildi.