O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-37-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-son qarorining 19-bandi ijrosining bajarilishi yuzasidan Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi deputati D.Islomov Adolat sotsial demokratik partiyasi raisi A.Raxmatov bilan birgalikda Go‘zalkent, Kumushkent mahallalarida o‘rganish ishlarini olib bordi.