Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Senator “Navbog‘chiyon” MFYda mahalla yettilig faoliyati Bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Abdullayev Bahrom Ismoilovich Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Samarqand shahridagi “Navbog‘chiyon” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab, Senator B.I.Abdullayev mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi qabul qilinayotgan qonunlar, Prezident Farmon va qarorlari hamda Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingan Qarorlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi. 

Tanishish davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va mahalla yettiligi yo‘nalishlari doirasida olib borilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Xususan, mahallaning xavfsizlik tizimini mustahkamlash maqsadida 250 dan ortiq zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatilgani alohida ta’kidlandi. Ushbu kameralar mahalla hududidagi asosiy ko‘chalar, jamoat joylari, ta’lim muassasalari, bolalar maydonchalari va kirish-chiqish nuqtalarini to‘liq qamrab olgan bo‘lib, jinoyatchilikning oldini olish, tartib-intizomni ta’minlash va fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kuzatuv tizimi mahalla faollari va profilaktika inspektori tomonidan markazlashgan tarzda boshqarilmoqda. Buning natijasida mahalla ichidagi holat onlayn monitoring qilinmoqda, turli huquqbuzarlik holatlarining oldi olinmoqda va jamoat xavfsizligi yuqori darajaga ko‘tarilmoqda.

Bundan tashqari, mahallada quyosh panellari o‘rnatilib, muqobil energiya manbalaridan foydalanilmoqda. Aholining farovonligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar tashrif ishtirokchilari tomonidan ijobiy baholandi.

Uchrashuv yakunida mahalladagi namunaviy ishlarni boshqa hududlarda ham ommalashtirish zarurligini ta’kidlab o'tildi.

Slide 1 of 1