Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'n oltinchi sessiyasi 15-avgust kuni o‘tkaziladi

 Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 12-avgustda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, o'n oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

- Viloyatda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, omillarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar bo‘yicha viloyat Prokurori M.Eshnazarovning axboroti;

- “Zarbdor tajribasi” asosida hududlar iqtisodiy o‘sishiga turtki beruvchi 2-bosqich drayver loyihalari infratuzilmasini moliyalashtirish to‘g‘risida;

- Samarqand viloyati tumanlaridagi ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlarining bosh rejalarini va unga tutash mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini tasdiqlash to‘g‘risida;

- o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;

- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;

- yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;

-viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida;