Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAXSLARGA YARATILGAN SHAROITLAR MUHOKAMA QILINDI

Bugun xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi hamda Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda deputatlar, Oʻzbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi Xorazm viloyati hududiy boʻlimi, Yuksalish harakati Xorazm viloyati hududiy boʻlinmasi, viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlar, Markaziy banki viloyat bosh boshqarmasi va tijorat banklari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlisda viloyatdagi markaziy bank va tijorat banklarida Oʻzbekiston Respublikasining Nogironligi boʻlgan shaxslarga oid qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan oʻrganish ishlarni monitoring natijalari muhokama etildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan viloyatda bevosita aholi bilan ishlovchi idora va tashkilotlarning ayrim xodimlarini nogironligi boʻlgan shaxslarga xizmat koʻrsatish malakasini oshirish taklifi bildirildi.

Qoʻshma majlis yakunida monitoring natijalarida koʻrsatilgan qonun buzilish holatlari qisqa muddat ichida bartaraf etish borasida chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 7