Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Jalaquduqda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari keng nishonlandi

 Jalaquduq tumanimiz bo‘ylab "VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN" shiori ostida "Birinchi qongiroq" tadbirlari tashkil etildi. 51 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 5 ta ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab, 1 ta xususiy hamda 1 ta ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida yangi o‘quv yili boshlandi. Bu yil 3871 nafar kichkintoy ilk bor bilim dargohlari
ostonasidan qadam qo‘ydi. Ularning qo‘liga “Prezident sovg‘alari” topshirilgani davlatimiz rahbarining yosh avlodga bo‘lgan e’tiborining yorqin ifodasidir.
Mazkur tadbirlarda 2025–2026-o‘quv yili uchun
umumta’lim maktablarining 1-sinf bosqichiga qabul qilingan 3871 nafar o‘quvchi, shuningdek, 3335 nafar pedagog xodim, 3500 nafardan ortiq ota-onalar hamda 57 nafar viloyat va tuman tashkilotlari vakillari ,tuman kengashi deputatlari ishtirok etdilar. Barcha ta’lim muassasalarida ilk bor maktab ostonasiga qadam
qo‘ygan kichkintoylarga davlatimiz rahbarining yuksak e’tibori ifodasi sifatida “Prezident sovg‘alari” topshirildi.
Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalash bugungi kunda davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois bunday
tadbirlar nafaqat bolajonlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, balki ularning ilk ta’lim sari qo‘ygan qadamlarini bayramona ruhda nishonlashga xizmat qilmoqda.
  

Slide 1 of 11