Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ SADOLARI JARANGLADI

Bugun, respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Muzrabot tumanidagi 33-umumta’lim maktabida ham 2025-2026-o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Ushbu tantanali tadbirda Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputati Ollomurodov Otabek hamda soha mas’ullari, o‘qituvchi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Bayram tadbirida deputat mustaqillikni har birimiz qadriga yetishimiz kerakligi to'g'risida so'z yuritdi va kelajak avlod vakillariga Prezidentimiz tomonidan berilayotgan e’tibor xususida to‘xtaldi, o‘quvchilarni vatanimizning ravnaqi uchun fidoiy bo‘lishga chorladi.

So‘ngra maktabga ilk qadamini qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” topshirildi. Ilk dars “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” sifatida o‘tkazildi.

Slide 1 of 4