Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Kelajak poydevori - maktab ostonasida

Kelajak poydevori - maktab ostonasida 

Har yili 2-sentyabr kuni mamlakatimizning har bir hududida, har bir mahalla va shaharlardagi maktab ostonalarida quvonchli bir hayot qayta jonlanadi. Yangi o‘quv yili – bu nafaqat darslar boshlanishi, balki kelajak sari qadam tashlash, umid va orzularga yetaklovchi yo‘lning boshlanishidir. Bugun maktab ostonasida qo‘yilgan har bir qadam – bu Vatanimiz ravnaqiga qo‘shilayotgan g‘ishtdek, buyuk kelajak poydevorini qo‘yayotgan sa’y-harakatlarimizdir.

Maktab – bu bilim manbai, tarbiya maktabi va do‘stlik maskani. Unda har bir kun – yangi imkoniyat, har bir dars – hayotga tayyorgarlik. 

Ma’naviyat va ma’rifat charog‘ini yoqib, yosh avlodni tarbiyalashdek sharafli va mas’uliyatli ishda barcha ustozlarga kuch-quvvat, bardavom sabr va yutuqlar tilayman, mehnatingiz, fidokorligingiz orqali jamiyatimizning kelajagi yorug‘ bo‘ladi.

Navoiy shahridagi barcha maktablarimiz yangi o‘quv yilini munosib kutib olish uchun tayyor. Infratuzilmalar yangilanmoqda, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha islohotlar izchil davom etmoqda. Bu — davlatimiz rahbariyatining ta’lim sohasiga qaratayotgan yuksak e’tiborining yaqqol dalilidir.

Shu o‘rinda yana bir bor barcha ustozlarni Yangi o‘quv yili munosabati bilan muborakbod etaman. Yangi o‘quv yili barchamiz uchun barakali, ziynatli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

🇺🇿Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi deputati 

       Muxamedov Xamidulla Xabibullayevich