Uchrashuv davomida Gʻ.Kenjayev o‘zining mazkur davr mobaynida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, saylovchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va murojaatlar, jumladan;
- ichki koʻchalar taʼmir talab holga kelib qolganligi;
- ayrim aholining kadastr hujjatlari bilan muammolari borligi;
- mahalladagi manan eskirgan va qoʻlbola yasalgan simyogʻochlarni almashtirish;
- chiqindilarni oʻz vaqtida olib ketilmayotganligi kabi masalalarga uchrashuvda ishtirok etayotgan mutasaddi tashkilotlar tomonidan kerakli javoblar va bajarilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida kelishib olindi.
Xalq deputatlari Sirdaryo tumani Kengashi kotibyati