Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi 12-fevral kuni shahar hokimligining majlislar zalida o‘tkazildi.
🤩Sessiya ishini Kengash raisi Z.Karshiyev olib bordi. Sessiya ishida bir qator masalalar ko'rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
🤩Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
✍️Samarqand shahrini 2026 yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
✍️Samarqand shahridagi mahalllarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun na’munali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
✍️Samarqand shaharda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish yuzasidan ko‘rilgan choralar bo‘yicha shahar prokurori B.Normatovning axboroti;
✍️2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida;
✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
17-yanvardagi “2025-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida” PQ-12-son qarori ijrosi yuzasidan shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i B.Yusupovning hisoboti;
✍️Samarqand shahar g‘aznachilik xizmati bo‘limi boshlig‘i Z.G‘aybullayevning “2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari hamda 2026-yil uchun mo‘ljallangan ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi hisoboti;
✍️Samarqand shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.
va boshqa masalalar