Unda tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligi va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari SH. Mo‘minov, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i I. Yusupov, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i S. Saidaxmedovlarning hisobotlari tinglandi. Kun tartibida ko‘rilgan masalalar deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama etilgach, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.