Ilk xalqaro hamkorlik
📝Sirdaryo viloyatida, Janubiy Koreyaning Kvandju metropoliten shahri Kvansan-Gu tumani delegatsiyasi mehmon bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida iqtisodiy biznes forum o‘tkazilib, investitsion loyihalar muhokama qilinmoqda.
Delegatsiya tarkibida
Kvansan-Gu tumani Kengashi deputatlari Cho Yong-im va Kim Tay Van xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputatlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga kelishib oldilar hamda DO‘STONA ALMASHUV SHARTNOMASIni imzoladilar.
Shartnomaga ko‘ra ikki mahalliy Kengashlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi hamda iqtisodiyot, turizm, madaniyat, ta’lim kabi sohalarni rivojlantirish uchun o‘zaro faol almashuv ishlarini olib boradilar.