Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘limi boshlig‘i A.Xalbekov, Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Rajabov, senatorlar, deputatlar hamda mavzuga aloqador tashkilot, idora va boshqarmalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbirni xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri S.Abduraimov olib bordi.
Mazkur tadbirda so'zga chiqqanlar «O‘zbekiston - 2030» strategiyasining hududlar kesimida ijro etilishi,2023-2024 yilda amalga oshirilishi bo‘yicha har chorakda nazorat tadbirlarini o‘tkazilishi, davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha hudduddagi mavjud dolzarb muammo, kamchiliklar, davlat dasturini amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan sabablar to'g'risida so'z yuritdi.