Yoshlar ongida halollik, poklik va mas’uliyat hissi singdirildi
Ayni kunlarda "Adolat" SDP tomonidan aprel oyi - “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilingani munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab targ‘ibot-tashviqot ishlari jadallashib bormoqda. Xususan, Shovot tumanidagi 44-sonli umumtalim maktabda tashkil etilgan targ‘ibot tadbiri ham ana shu maqsadlarga qaratildi. Tadbirga hamkor tashkilotlar vakillari, partiya faollari, deputatlari, mazkur maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.