Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qonun buzilish holatlarini aniqlash va oldini olish bòyicha
янв.21
"Adolat" SDP deputati tashabbusi bilan xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashida "Adolat" SDP deputatlik guruhi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Masharipov Izzatbek Masharipovich Gulshan mahallasi saylovchilaridan kelib tushgan murojaatlar asosida joyiga chiqib, muammolarni bevosita o‘rgandi.
янв.21
Депутат — жамоа билан очиқ мулоқотда
янв.21
Ayollar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING O'N YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Shovot tumanida bog‘ va tokzorlar qator oralaridan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
янв.21
PQ–410-sonli qaror ijrosi: “Bo‘ston Amirqum” massivida 1 500 gektar yer qayta oborotga kiritilmoqda
янв.21
Шовот туманида ишсиз фуқаролар бандлигини таъминлаш бўйича амалий ишлар самара бермоқда.
"Adolat" SDP deputati tashabbusi bilan xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda.

"Adolat" SDP deputati tashabbusi bilan xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda.

Adolat sotsial-demokratik partiyasidan xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Xursandbek Ismailov tashabbusi bilan tumandagi “UZTEX GROUP” korxonasida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan amaliy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda mahallalarda ishsiz bo‘lib turgan, doimiy ish joyiga ehtiyoj sezayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi. Tadbir davomida deputat Xursand Ismailov korxona faoliyati, yaratilgan mehnat sharoitlari, ish haqi hamda ijtimoiy kafolatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, ishtirokchilar ishlab chiqarish jarayoni va ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishtirildi, mehnat sharoitlari ko‘zdan kechirildi hamda ishga qabul qilish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ochiq muloqot jarayonida xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.

Mazkur tashabbus xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish hamda oilalar farovonligini yuksaltirishga qaratilgan bo‘lib, kelgusida ham bu boradagi amaliy ishlarni izchil davom ettirish rejalashtirilgan.

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi bosh mutaxassisi U.Ruzmetov

Slide 1 of 2