Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат — жамоа билан очиқ мулоқотда
янв.21
Ayollar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING O'N YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Shovot tumanida bog‘ va tokzorlar qator oralaridan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
янв.21
PQ–410-sonli qaror ijrosi: “Bo‘ston Amirqum” massivida 1 500 gektar yer qayta oborotga kiritilmoqda
янв.21
Шовот туманида ишсиз фуқаролар бандлигини таъминлаш бўйича амалий ишлар самара бермоқда.
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Xasanova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov tumandagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ishchi-xizmatchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputati Shovot tumani Kengashi deputati Feruza Yusupova tumandagi Shovot mahallasi hududida joylashgan 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tomonidan Yoshlar markazi qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi. Unda deputatlar, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari qatnashdi.


Dastlab, Kengash a’zolari tomonidan fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi. Bunda O‘zbekiston mahallalar uyushmasining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i F. Xudoyberdiyevning axboroti tinglandi. Unga ko‘ra, joylarda saylov jarayonlari joriy yilning may oyidan bosqichma-bosqich o‘tkazilishi belgilangan. Toshkent viloyati bo‘yicha 1025 ta mahallaga rais saylanishi ko‘zda tutilgan.


Sessiyada saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi viloyat komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Bundan tashqari, mazkur jarayonlarni samarali o‘tkazish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar xususida atroflicha ma’lumot berildi.


Shuningdek, kun tartibiga asosan ichimlik suvi ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, hududda sportni rivojlantirish kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, viloyat hududida 2024-yil atrof-muhitni muhofaza qilishning amaldagi holati bo‘yicha axboroti ham tinglandi.


Sessiyada barcha ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 9