Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I.Axmedov hududidagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan ijtimoiy xodimning faoliyati, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

📌 O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish, ehtiyojlaridan kelib chiqib amaliy yordam ko‘rsatish hamda murojaatlarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish holati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlarning manzilliligi o‘rganildi.

🔹 Jumladan, Ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro N.Abdullayevga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 20 million 600 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur mablag‘ fuqaroning uy-joy sharoitini yaxshilashga yo‘naltirilib, hozirda ajratilgan mablag‘ hisobidan tegishli qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani ko‘zdan kechirildi.

🔎 O‘rganish jarayonida jamg‘arma mablag‘larining belgilangan maqsadga muvofiq sarflanishi, ko‘rsatilayotgan yordamning manzilliligi hamda amalga oshirilayotgan ishlarning fuqaro uchun amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va manzilli hal etish, shuningdek, ajratilayotgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4