Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I.Axmedov hududidagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Guliston ko‘chasida yashovchi fuqarolar bilan suhbatlashilib, aholini qiynab kelayotgan muammolar, xususan, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

Suhbatlar jarayonida fuqarolar tomonidan tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suv ta’minoti yetarli emasligi sababli qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani bildirildi. Mazkur holat aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

Aniqlangan muammoning sabablarini bartaraf etish maqsadida mas’ullar bilan fikr almashilib, aholi tomorqalarini sug‘orish imkoniyatini yaxshilash uchun drenaj tarmog‘ini chiqarish zarurligi belgilandi.

Mazkur masala deputatning “Ko‘chama-ko‘cha aylanish” daftariga qayd etildi. Muammoni tegishli tashkilotlar ishtirokida hal etish hamda amaliy natijaga erishish maqsadida deputat so‘rovi yuborish belgilandi.

Slide 1 of 5