📅 2026-yil 13-oktabr | DKQ 03-01/115-26
MAVZU: Mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish hamda mehnat migratsiyasidagi fuqarolar bilan ishlashda aniqlangan masalalar to‘g‘risida
📊 Asosiy ko‘rsatkichlar (2026-yil 11-oktabr holatiga):
O‘rganilgan mahallalar — 52 ta.
O‘rganilgan oilalar — 49 188 ta.
Ijtimoiy reyestrdagi oilalar — 2 505 ta, jami 10 997 nafar oila a’zosi.
Davlat ta’minotidagi oilalar — 807 ta.
Kambag‘al oilalar — 1 229 ta.
Kambag‘allik chegarasidagi oilalar — 469 ta.
✅ Amalga oshirilgan ishlar:
17 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.
6 nafar fuqaroga tibbiy ko‘rik va yordam ko‘rsatildi.
5 nafar oilaning farzandlari bog‘cha va bepul o‘quv kurslariga joylashtirildi.
2 nafar fuqaroga ijtimoiy xizmat ko‘rsatildi, yana 2 nafar fuqaroning yashash sharoiti yaxshilandi.
Xorijdagi 1 nafar fuqaroning Vatanga qaytishi ta’minlandi, 2 nafar fuqaroning boshqa masalalari hal etildi.
📌 Belgilangan vazifalar:
Ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb qilish.
Tomorqa yerlaridan samarali foydalanish orqali oilalar daromadini oshirish.
Mehnat migratsiyasidagi fuqarolar oilalarini qo‘llab-quvvatlash va Vatanga qaytgan fuqarolar bandligini ta’minlash.
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har haftaning dushanba kuni Kengash kotibiyatiga axborot kiritib borish.
👤 Doimiy komissiya raisi: Dosova Gulxumar Kuranbayevna