Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova deputat sifatida "Yangi ro'zg'or" mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova deputat sifatida "Yangi ro'zg'or" mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova o‘zining deputatlik faoliyati doirasida, Xalq deputati tuman Kengashi Kotibiyatining tasdiqlangan ish reja-grafigiga asosan, "Yangi ro'zg'or" mahalla fuqarolari yig‘ini hududida bo‘lib, u yerdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida deputat Dilorom Safarova mazkur mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, jumladan, gulchilik yo‘nalishida samarali faoliyat yuritib kelayotgan ilg‘or xonadonlardan birida bo‘ldi.

Tanishuv jarayonida xonadon egasining gulchilik borasidagi tajribalari, yetishtirilayotgan gullar turlari hamda bu boradagi mavjud muammolar va takliflar tinglandi. Deputat hududda aholining bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishda tomorqadan unumli foydalanish, xususan, gulchilikni yanada ommalashtirish muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi