Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
#162_ta_Qonun_ijrosi

#162_ta_Qonun_ijrosi

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining samaradorligini oshirish, belgilangan 24 ta ustuvor tavsiyalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 4-Mehnat saylov okrugidan saylangan deputat M.Mamurjonova o‘zi saylangan saylov okrugidagi «Ittifoq» mahallasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faolining ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan mahallada xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, shuningdek, oilaviy ajrimlarning oldini olish va ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla nuroniylari va faol ayollar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi ijtimoiy masalalar, xotin-qizlarni qiynayotgan muammolar hamda ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.