Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
SHAROF RASHIDOV MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA

SHAROF RASHIDOV MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Mardanova Dilfuza Abdixalilovna tomonidan Sharof Rashidov mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi.
📌 Mahalladagi mavjud holat:
🔹 Ijtimoiy reyestrda — 41 ta oila;
🔹 shundan 15 tasi davlat ta’minotidagi, 20 tasi kambag‘al, 6 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalar;
🔹 8 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ishga joylashtirish va barqaror daromad manbai bilan ta’minlash;
🔹 mikrol loyihalar orqali kamida 11 ta yangi ish o‘rni yaratish;
🔹 uzoq muddatli mehnat migratsiyasida bo‘lgan 110 nafar fuqaroning oila a’zolari bilan ishlash belgilangan.
🏘 Ijtimoiy infratuzilma yo‘nalishida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, mahallalarni bog‘lovchi avtomobil yo‘lini ta’mirlash, 1 dona transformator podstansiyasini mukammal ta’mirlash, 1,8 km elektr uzatish tarmog‘ini ta’mirlash, ichki ko‘chalarni obodonlashtirish va ariqlarni tozalash kabi vazifalar nazoratga olingan.
⚡️ Shuningdek, investitsiya dasturlari doirasida hududdagi elektr tarmoqlarini rivojlantirish hamda Sharof Rashidov podstansiyasini modernizatsiya qilish bilan bog‘liq loyihalar ijrosi monitoring qilinadi.
👩‍💼 Mas’ul deputat: Mardanova Dilfuza Abdixalilovna
🤝 Biriktirilgan mas’ul: A. Kandaharov
📊 Belgilangan vazifalar ijrosi haftalik va ikki haftalik monitoring asosida kuzatib boriladi. Aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘riladi.
Deputatlik nazorati — belgilangan vazifalar ijrosini muntazam kuzatish va aholi manfaatlarini ta’minlashning muhim vositasi. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!