Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ijtimoiy xodim faoliyati deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
🛡🤝 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI DEPUTATINING HAMKORLIK TADBIRI
янв.21
📌 Ijtimoiy soha obyektlarida yong‘in xavfsizligi talablari o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan axborotlarning haqqoniyligi deputatlik nazoratida
янв.21
📌 Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi qurilish-ta'mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Matlubo Nurjanova Arbob mahallasida fuqarolar qabuli o'tkazdi
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi joylarda o‘rganildi
янв.21
📊 2026-yil 6–11-iyul Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi faoliyati sarhisobi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha)
янв.21
📌 “DOLZARB 90 KUN” DASTURI DEPUTAT NAZORATIDA!
📌 Ijtimoiy xodim faoliyati deputatlik nazorati asosida o‘rganildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Izzat Masharipov hamda tuman Kengashi deputati Maqsud Madraximov hamkorlikda Ipakchi mahallasida ijtimoiy xodim faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandilar.
O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlanishi hamda o‘z vaqtida to‘lanishi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyozlarning amaldagi ijrosini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.
Monitoring davomida ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning samaradorligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan mas'ullarga zarur ko‘rsatmalar bildirildi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan hududlarda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3