Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ijtimoiy xodim faoliyati deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
🛡🤝 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI DEPUTATINING HAMKORLIK TADBIRI
янв.21
📌 Ijtimoiy soha obyektlarida yong‘in xavfsizligi talablari o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan axborotlarning haqqoniyligi deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Matlubo Nurjanova Arbob mahallasida fuqarolar qabuli o'tkazdi
янв.21
📌 Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi qurilish-ta'mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi joylarda o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha)
янв.21
📊 2026-yil 6–11-iyul Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi faoliyati sarhisobi
янв.21
📌 “DOLZARB 90 KUN” DASTURI DEPUTAT NAZORATIDA!
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha)

⚡️ 13-IYUL (DUSHANBA)
Deputat: Madraximov Maqsudbek Maxmudovich
O‘rganiladigan masala: Mahalladagi ijtimoiy xodimlar tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlanishi hamda to‘lanishi, nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati.
Qonun monitoringi: O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrdagi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-226-sonli Qonuni ijrosi.
Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov.
⚡️ 14-IYUL (SESHANBA)
Deputat: Navro‘zov Faxriddin Qo‘zibayevich
O‘rganiladigan masala: Mahalla ichki ko‘chalari va yo‘llarining holati, ko‘chalarni tunda yoritish tizimi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari (YTH) ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda ularni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi.
Qonun monitoringi: O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-sonli Qonuni ijrosi.
Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov.


Deputat: Yaqubov To‘lqin Sadullayevich
O‘rganiladigan masala: Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan Shovot tumani Xalq qabulxonasi faoliyati.
Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Ruzmetov.


Deputat: Polvonova Zebo Omonbayevna
O‘rganiladigan masala: Saylov okrugida "mahalla yettiligi" hamda fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari.
Qonun monitoringi: O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi “Reklama to‘g‘risida”gi O‘RQ-776-sonli hamda 2024-yil 14-fevraldagi “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-907-sonli qonunlari ijrosi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Abdrimova.
⚡️ 15-IYUL (CHORSHANBA)
Deputat: Shadanova Dilorom Kadamovna
O‘rganiladigan masala: Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandlikni ta’minlash masalalari.
Qonun monitoringi: O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuni ijrosi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ruzmetov.
⚡️ 16-IYUL (PAYSHANBA)
Deputat: Kalandarov Azamat Shermetovich
O‘rganiladigan masala: Yoshlar ishlari agentligi Shovot tumani bo‘limi faoliyatini o‘rganish ishlarini tashkil etish.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ruzmetov.


Deputat: Masharipov Izzat Masharipovich
O‘rganiladigan masala: Saylov hududidagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilar davomadi, darslar sifati va ichki muhit holati.
⚡️ 17-IYUL (JUMA)
Deputat: Dosova Gulxumar Kuranbayevna
O‘rganiladigan masala: Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan Yoshlar ishlari agentligi Shovot tumani bo‘limi faoliyatini hamkorlikda atroflicha o‘rganish.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ruzmetov.


Deputat: Ismoilov Xursand Boltoboyevich
O‘rganiladigan masala: Mahalladagi ijtimoiy xodimlar tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlanishi hamda to‘lanishi, nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini monitoring qilish.
Qonun monitoringi: O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-sonli Qonuni ijrosi.
Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov.
⚡️ 18-IYUL (SHANBA)
Chora-tadbirlar: Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi ish rejasida ijrosi kechikkan tadbirlarni amalga oshirish hamda haftalik ish reja ijrosi yakunlarini rasmiy ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish.
Mas’ul: Kengash kotibiyatining barcha xodimlari.