Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ijtimoiy xodim faoliyati deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
🛡🤝 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI DEPUTATINING HAMKORLIK TADBIRI
янв.21
📌 Ijtimoiy soha obyektlarida yong‘in xavfsizligi talablari o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan axborotlarning haqqoniyligi deputatlik nazoratida
янв.21
📌 Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi qurilish-ta'mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Matlubo Nurjanova Arbob mahallasida fuqarolar qabuli o'tkazdi
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi joylarda o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha)
янв.21
📊 2026-yil 6–11-iyul Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi faoliyati sarhisobi
янв.21
📌 “DOLZARB 90 KUN” DASTURI DEPUTAT NAZORATIDA!
"Beshkapa" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi

"Beshkapa" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov deputat D.Abdunazarova "Beshkapa" mahallasida bo‘lib, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishlariga doir tavsiyalar asosida o‘rganish ishlarini olib bordilar.

Uchrashuv davomida mahalla "yettiligi" bilan muloqot qilinib, deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlariga doir 24 ta tavsiya asosida mahalla raisining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda yettilik tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar o'rganildi.

Shu bilan birga mahalla hududida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasida hokim yordamchisi tomonidan bajarilgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Davomda "mahalla yettiligi" tizimining o‘zaro hamkorligi xalq deputatlarining mahalladagi vakillari bilan qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi va mavjud muammolarni hal etishdagi o‘rni tahlil qilindi.

Yakunda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini sifatli ta’minlash va deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.