Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ijtimoiy xodim faoliyati deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
🛡🤝 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI DEPUTATINING HAMKORLIK TADBIRI
янв.21
📌 Ijtimoiy soha obyektlarida yong‘in xavfsizligi talablari o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan axborotlarning haqqoniyligi deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Matlubo Nurjanova Arbob mahallasida fuqarolar qabuli o'tkazdi
янв.21
📌 Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi qurilish-ta'mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi joylarda o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha)
янв.21
📊 2026-yil 6–11-iyul Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi faoliyati sarhisobi
янв.21
📌 “DOLZARB 90 KUN” DASTURI DEPUTAT NAZORATIDA!
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 22-Demun saylov okrugidan saylangan deputat G.Jabborova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Sho‘robod” mahallasida saylovchilar murojaatlari asosida o‘rganish olib borildi.
⚡️O‘rganish davomida mahalla aholisi, ayniqsa bolalar va yoshlar uchun zamonaviy sport inshooti barpo etish maqsadida qishloq xo‘jaligi toifasiga kirmaydigan bo‘sh yer maydonini tanlash masalasi joyiga chiqib o‘rganildi. Shuningdek, mazkur loyihani davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
⚡️O‘rganish yakunida tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda sport inshooti qurilishi bo‘yicha tashkiliy masalalarni belgilangan tartibda amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur tashabbus mahalla yoshlari va aholining sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4