“Ayollar daftari”ning yettinchi bosqichi doirasidagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi deputati M.Abdulazizova hamda kotibiyat bosh mutahasisi D.Xalilovalar tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limida bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 145-sonli qarori boyicha yettinchi bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi holatini o‘rgandilar.
“Ayollar daftari” ning yettinchi bosqich yakunlari bo‘yicha jami 3260 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan.
O‘rganish davomida “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni muammolarini hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olinganligi ma’lum bo‘ldi.