Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Shovot tumanida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi
янв.21
📢 Mahalla soliq inspektorining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏡 YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI! 📅 13–14 mart 2026-yil
янв.21
📊 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 10–13 mart kunlari o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha DAYJEST
янв.21
📊 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 16–19-mart kunlari hududlarda rejalashtirilgan tadbirlar
янв.21
📊 Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha muhokama.
янв.21
📄 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI QARORI
янв.21
🏗 Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
📊 BOZORDAGI NARX-NAVO VA SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
📢 Mahalla soliq inspektorining faoliyati o‘rganildi

📢 Mahalla soliq inspektorining faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Xurshid Davletov, Shovot tuman Kengashi kotibiyati mudiri Izzat Masharipov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umrbek Ro‘zmetov hamda tuman Kengashi deputati Azamat Kalandarovlar tumandagi “Guliston” mahallasida bo‘lib, mahalla soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalar hamda ularning bajarilish holati bilan tanishdilar.

O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

🔹 Tadbirkorlarga soliq xizmatlari ko‘rsatish holati – soliq inspektori tomonidan tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.

🔹 Soliq bazasini kengaytirish ishlari – mahalla hududida soliqqa tortiladigan obyektlar va faoliyat turlarini aniqlash hamda ularni rasmiylashtirish holati ko‘rib chiqildi.

🔹 Soliqlarni undirish jarayoni – soliqlarni o‘z vaqtida undirish hamda mahalla byudjeti daromadlarini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🟢 O‘rganish davomida viloyat deputati tomonidan soliq inspektoriga aholiga soliq to‘lash bo‘yicha mavjud imtiyozlar haqida ko‘rgazmali tushuntirish ishlarini kuchaytirish, yuridik va jismoniy shaxslar hamda tadbirkorlarga qanday holatlarda soliq imtiyozlari berilishi yuzasidan keng targ‘ibot olib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🟢 Shuningdek, soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash hamda bu borada aniq amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📌 Aholiga sifatli soliq xizmatlarini ko‘rsatish hamda mahalla rivoji uchun mahalla byudjeti daromadlarini shakllantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Slide 1 of 6