🏥 Shovot tumanida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
👥 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Xurshid Davletov, Shovot tuman Kengashi kotibiyati mudiri Izzat Masharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umrbek Ro‘zmetov Shovot tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limida bo‘lib, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
🔎 Tashrif davomida quyidagi masalalar o‘rganildi:
🩺 Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati;
🏥 Tibbiyot muassasalarida yaratilgan sharoitlar;
🛗 Binolardagi liftlarning ishlash holati va texnik holati.
📌 O‘rganishlar davomida aholiga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.