Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏗 Komiljon Otaniyozov mahallasida obodonlashtirish va yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
🏗 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan o‘rganishlar
янв.21
🏥 Shovot tumanida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi
янв.21
📢 Mahalla soliq inspektorining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏡 YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI! 📅 13–14 mart 2026-yil
янв.21
📊 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 10–13 mart kunlari o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha DAYJEST
янв.21
📊 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 16–19-mart kunlari hududlarda rejalashtirilgan tadbirlar
янв.21
🏗 Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
📊 Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha muhokama.
Mehnatobod MFYda aholi muammolari va ichimlik suvi holati o‘rganildi

 Mehnatobod MFYda aholi muammolari va ichimlik suvi holati o‘rganildi 

  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-406-sonli qarori hamda Senat
Kengashining KQ-35-V-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy
Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta
tavsiyalardan kelib chiqib, 8-Kaptarxona saylov okrugi deputati G.Saidmirzaev hamda tuman Kengashi kotibiyat mudiri Sh.Raximov
va kotibiyat bosh mutaxassis O.Dadajonovalar Mehnatobod MFYda o‘rganish
olib bordilar.
 

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi faoliyati va
aholini qiynayotgan dolzarb muammolar tahlil qilindi. Aniqlanishicha, hududdagi
eng jiddiy muammo ichimlik suvi bilan bog‘liq bo‘lib, mavjud suv minorasi
yaroqsiz holga kelgani tufayli aholi ichimlik suvini isrof qilmoqda.
 

Muammo joyida
o‘rganilib, “Farg‘ona suv ta’minoti” rahbari bilan bog‘lanish orqali uning tez
va samarali bartaraf etilishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu
tadbirlar aholi uchun qulay va barqaror suv ta’minotini ta’minlash, mahalla
farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
 

  

Telegram |
Facebook | YouTube  

Slide 1 of 8