Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Shovot tumanida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi
янв.21
📢 Mahalla soliq inspektorining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏡 YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI! 📅 13–14 mart 2026-yil
янв.21
📊 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 10–13 mart kunlari o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha DAYJEST
янв.21
📊 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 16–19-mart kunlari hududlarda rejalashtirilgan tadbirlar
янв.21
📄 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI QARORI
янв.21
🏗 Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
📊 Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha muhokama.
янв.21
📊 BOZORDAGI NARX-NAVO VA SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti garovi

Mangitobod mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 419-sonli Qonun mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 

Uchrashuv davomida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Dusmurodov fuqarolarga mazkur qonunning asosiy maqsadi – jamiyatda adolat, shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash ekanini ta’kidladi.

Suhbat chog‘ida korrupsiyaning oldini olish, davlat organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, shuningdek, har bir fuqaroning korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishi muhimligi haqida fikr almashildi.

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va qonunning amaldagi ahamiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.

Bunday muloqotlar aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiladi

Slide 1 of 4