Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 YOSHLARNING HUQUQIY BILIMINI OSHIRISH
янв.21
Shovot tumanida ijtimoiy himoya tadbiri
янв.21
Deputatlar hududdagi ijtimoiy soha obyektlarini o'rgandilar
янв.21
🏗 Komiljon Otaniyozov mahallasida obodonlashtirish va yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
🏗 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan o‘rganishlar
янв.21
🏥 Shovot tumanida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi
янв.21
📢 Mahalla soliq inspektorining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏡 YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI! 📅 13–14 mart 2026-yil
янв.21
📊 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 16–19-mart kunlari hududlarda rejalashtirilgan tadbirlar
“Guliston” mahallasida deputatlik faoliyati yuzasidan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi sessiyasida har chorakda deputatlarning saylovchilar oldida o‘z faoliyati yuzasidan axborot berishi bo‘yicha reja-grafik tasdiqlangan. Mazkur grafik asosida bugun Muzrabot tumani hokimi – xalq deputatlari tuman Kengashiga 21-Guliston saylov okrugidan saylangan deputat Mamatqulov Abdulla Abdimo‘minovich “Guliston” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida deputat 2025-yil davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati haqida batafsil axborot berdi. Jumladan, tumandagi ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash, asfalt qoplamasi yotqizish ishlari sifatli tashkil etilayotgani ta’kidlandi.

Belgilangan reja asosida joriy yilda tumandagi 400 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari amalga oshirilishi, ushbu rejaga “Guliston” mahallasidagi yo‘llar ham kiritilgani aytib o'tildi.

Shuningdek, mahallada elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Aholining farovon yashashi yo‘lida davlatimiz rahbari e’tibori va qo‘llab-quvvatlovi bilan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari alohida qayd etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan qator murojaatlar bildirildi. Xususan, elektr energiyasi ta’minoti, maishiy gaz ballonlarini o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berish, chiqindilarni belgilangan kunlarda olib chiqish, ariqlarda oqar suv ta’minoti kabi masalalar ko‘tarildi. Ayrim murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.

Deputat saylovchilar tomonidan bildirilgan masalalarni diqqat bilan ko‘rib chiqib, tegishli tushuntirish va tavsiyalar berdi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi hamda uchrashuvda ishtirok etgan tegishli tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida bunday uchrashuvlar har chorakda muntazam ravishda o‘tkazib borilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 7