O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi hamda «O‘zbekiston~2030» strategiyasining
mazmun mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, xotin-qizlar,va jamoat tashkilotlari
vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda kotibiyat mudiri А.Nishonov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholi farovonligini oshirish, inson qadrini ulug‘lash, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik va mahalla institutini yanada rivojlantirish borasida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan gapirdi.
Prezident murojaatnomasi va «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi Yangi O‘zbekistonni barpo etishda dasturi amal bo‘lib, unda har bir sohada aniq maqsad va vazifalar belgilab berilgan.