Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o'z saylovchilari bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят ва туман Кенгаши депутатлари томонидан тумандаги Пахтакор, Арчазор ҳамда Наврўз маҳаллаларидаги сайловчиларига саховат кўрсатилди.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING O‘N IKKINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Сайловчи ишончи – депутат масъулияти
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Gulxumor Dosovaning o‘z saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqoti joriy yilning 2-choraki hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Deputat hisoboti
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat o'z saylovchilari bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Қўшма йиғлиш
MUNOSABAT

Joriy yilning 9-iyul kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, infratuzilmani takomillashtirish va tirbandliklarni kamaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Davlat rahbari ta’kidlaganidek, harakat xavfsizligi, avvalo, yo‘llarning holati va qulayligiga bevosita bog‘liq. Keyingi yillarda mamlakatimizda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Bir qator tuman va shaharlarda zamonaviy yo‘llar, yo‘l belgilarining yangilanishi, piyodalarga qulay sharoit yaratilishi natijasida avtohalokatlar soni kamaygani kuzatilmoqda.

Shu bilan birga, 20 ta hududda yo‘l-transport hodisalari soni hanuz yuqori darajada qolmoqda. Prezidentimiz tomonidan bu muammoni bartaraf etish uchun joylarda aniq va samarali choralar ko‘rish, mahalliy hokimliklar, deputatlar va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Shovot tumani Kengashi deputati sifatida men bu masalani juda muhim deb hisoblayman. Tumanda yo‘l xavfsizligini ta’minlash, piyodalar va haydovchilar uchun qulay va xavfsiz infratuzilma yaratish borasida qator takliflar tayyorlab, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib boramiz.

Bugun har birimiz — davlat organlari, jamoatchilik va fuqarolar sifatida — yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlashga o‘z hissamizni qo‘shishimiz shart. Faqat o‘zaro hamkorlik va mas’uliyat bilangina yo‘llarda fojialarning oldini olishimiz mumkin.

Yo‘llarda tartib-intizom — xalqimiz farovonligi va hayoti kafolati!

Deputat sifatida bu borada qat’iy nazorat va tashabbuslarimizni davom ettiramiz.