Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Shovot tumanida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi
янв.21
📢 Mahalla soliq inspektorining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏡 YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI! 📅 13–14 mart 2026-yil
янв.21
📊 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 10–13 mart kunlari o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha DAYJEST
янв.21
📊 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 16–19-mart kunlari hududlarda rejalashtirilgan tadbirlar
янв.21
📄 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI QARORI
янв.21
🏗 Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
📊 Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha muhokama.
янв.21
📊 BOZORDAGI NARX-NAVO VA SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
"Deputat mahallada"

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati X.Xamdamova Jizzax shahar “Zilol” MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Yig‘ilishda davomida deputat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar xususida atroflicha maʼlumot berdi. Shuningdek, yig‘ilish davomida shahar IIB boshlig‘i B.Naimov, shahar Adliya bo‘limi DXM direktori A.Husanovlar ham ishtirok etishib, “mahalla yettiligi” aʼzolariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1-son Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda mahallada 2025 yil 2 choragi uchun huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini taʼminlash bo‘yicha ishlab chiqilgan manzilli chora-tadbirlarning “Yo‘l xaritasi”da har bir masʼul tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi. Uyushmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, mahallani korrupsiyadan holi hududga aylantirish choralarini ko‘rish, 18 foizli imtiyozli kreditlar ajratish orqali o‘z-o‘zini band qilishga amaliy yordam berish, ishsizlikni bartaraf qilish kabi bir qancha masalalar haqida ham muhokama qilindi. Yig‘ilio‘ davomida deputatga mahalla aholisi tomonidan hududga 1 ta masjid, 2 ta bolalar maydonchasi, 1 ta to‘yxona qurish ishlariga amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi. Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga asosan deputatlik so‘rovi yuborilishi bo‘yicha kelishildi. 

Slide 1 of 3