📅 2024-yil 19-yanvar
📌 O‘RQ-900-son
🔹 Qonunning asosiy maqsadi
Yo‘l harakati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash.
🔹 Yo‘l harakati ishtirokchilari
🚗 Haydovchi
🚶 Piyoda
🚌 Yo‘lovchi
Ularning har biri yo‘l harakati xavfsizligi talablariga rioya qilishi lozim.
🔹 Yo‘l egalarining mas’uliyati
Yo‘llarning qurilishi, ta’mirlanishi, rekonstruksiya qilinishi va xavfsiz holatda saqlanishi muhim vazifalardan biridir.
🔹 Harakatning asosiy tartibi
➡️ O‘zbekiston hududida transport vositalarining o‘ng tomonlama harakati belgilangan.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Yaxshimuratova tomonidan Komiljon Otaniyozov mahallasidagi 12-son oilaviy poliklinikada ijtimoiy reyestrdagi oilalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
📌 Fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish holati bilan tanishildi.
🤝 Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar bildirildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Yaxshimurotova tomonidan ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔹 Isitish tizimlarining holati ko‘zdan kechirildi;
🔹 Mavsum davomida issiqlik ta’minotining barqarorligi masalalari o‘rganildi;
🔹 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
🤝 Maqsad — ta’lim muassasalarida qish mavsumini xavfsiz va qulay sharoitda o‘tkazishni ta’minlash.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Yaxshimuratova tomonidan Komiljon Otaniyozov mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan bevosita muloqot qilindi.
📌 Fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi;
📌 Hududdagi mavjud muammolar joyida o‘rganildi;
📌 Obodonlashtirish va infratuzilmaga oid masalalar ko‘rib chiqildi;
📌 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.
🤝 Maqsad — muammolarni joyida aniqlash, aholi murojaatlarini tinglash va ularning amaliy yechimini ta’minlash.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Yaxshimuratova tomonidan Komiljon Otaniyozov mahallasi hududidagi sport maydonchalari holati o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida maydonchalarning obodonligi, jihozlanganligi va foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.
🏃♀️ Yoshlar va aholi uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar belgilandi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Yaxshimuratova Komiljon Otaniyozov mahallasida ko‘chaboshilar bilan birgalikda ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan muloqot qildi.
🔹 Fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi;
🔹 Ko‘chalar kesimida mavjud muammolar o‘rganildi;
🔹 Hududdagi obodonlashtirish va infratuzilma masalalari ko‘rib chiqildi;
🔹 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar belgilandi.
🤝 Maqsad — ko‘chaboshilar bilan hamkorlikda aholi muammolarini joyida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yaxshimuratova Muhabbat Allaberganovna tomonidan Komiljon Otaniyozov mahallasidagi 12-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish yo‘nalishidagi ishlar tahlil qilindi.
⚖️ Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘RQ-528-son Qonun talablari asosida ko‘rib chiqildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yaxshimuratova Muhabbat Allaberganovna tomonidan Komiljon Otaniyozov mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan hamkorlikda kambag‘al oilalar ro‘yxatidagi oila holati o‘rganildi.
📌 Oila bilan ishlash bo‘yicha ishlab chiqilgan individual reja asosida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.
🎯 Maqsad — oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash va uni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish.
📍 Qunduz mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Ahmedova Malikaning uy-joy sharoiti o‘rganildi.
💰 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining tavsiyasiga ko‘ra, fuqaroning uyining tom qismini shifer bilan yopish uchun budjet mablag‘lari hisobidan 20 million 250 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.
🏠 Ajratilgan mablag‘lar hisobidan fuqaroning uy tom qismi to‘liq shifer bilan yopilib, ta’mirlash ishlari yakunlangan.
🤝 O‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov, Shovot tumani hokimligi Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D. Abdullayev hamda tuman Kengashi deputati M. Yaxshimuratova ishtirok etdi.
✅ O‘rganish davomida amalga oshirilgan ishlarning holati ko‘zdan kechirilib, ajratilgan mablag‘lar hisobidan ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangani qayd etildi.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Polvonova Zebo Omonboyevnaning Shovot tuman elektr ta’minotiga yo‘llagan 2026-yil 21-sentabrdagi 148-ds-448-26-sonli deputatlik so‘rovi yuzasidan javob berildi.
📌 Deputatlik so‘rovida Shovot tumani Beshchiqir mahallasi Istiqlol ko‘chasidagi elektr uzatish tarmog‘ining texnik holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish, eskirgan va yaroqsiz simyog‘ochlarni ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.
🔎 O‘rganish davomida
Shovot tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan Beshchiqir mahallasi Istiqlol ko‘chasidagi elektr uzatish tarmoqlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.
⚡️ Aniqlangan ma’lumotlar
Beshchiqir mahallasi Istiqlol ko‘chasi elektr ta’minoti MonoQ 110/10 kV nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli Ijtimoyat elektr uzatish tarmog‘idan kuchlanish oluvchi, dispetcherlik raqami TP-6722, quvvati 160 kVA bo‘lgan transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
🛠 Elektr tarmoqlarini yangilash bo‘yicha
Elektr uzatish tarmoqlarini yangilash ishlari Davlat dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
📋 Deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan hududdagi elektr uzatish tarmoqlarini yangilash uchun kelgusi yillardagi Davlat dasturiga taklif kiritiladi.
🤝 Xulosa
Deputatlik so‘rovi asosida Beshchiqir mahallasi Istiqlol ko‘chasidagi elektr ta’minoti holati o‘rganildi hamda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.
⚡️ Aholini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lidagi ishlar davom ettiriladi.