Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
Hudud bozoriga tashrif va yoshlar bilan samimiy uchrashuv

Deputat o‘zi saylangan hududga tashrif buyurib, avvalo hududdagi bozor faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bozorda savdo jarayonlari, tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, narx-navoning barqarorligi hamda sanitariya holati o‘rganildi.

Savdogar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalar tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Shundan so‘ng Termiz tuman Kengashi deputati Z.Chorshanbiyev hudud yoshlari bilan uchrashib, ularning bandligi, ta’limga bo‘lgan qiziqishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda tadbirkorlik tashabbuslari haqida suhbatlashdi. Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar yozib olinib, ularni amaliy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish rejalashtirildi. 

Uchrashuv yakunida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rivojlantirish hamda hududda yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 4