Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
📌 Bulung‘ur tumani Kattaqishloq mahallasidagi 5-oilaviy poliklinikada aholiga yaratilgan tibbiy xizmat sharoitlari tuman Kengashi deputati tomonidan o‘rganildi

📌 Bulung‘ur tumani Kattaqishloq mahallasidagi 5-oilaviy poliklinikada aholiga yaratilgan tibbiy xizmat sharoitlari tuman Kengashi deputati tomonidan o‘rganildi

Bulung‘ur tumani Kattaqishloq mahallasida joylashgan 5-oilaviy poliklinikada aholiga yaratilgan tibbiy xizmat sharoitlari tuman Kengashi deputati D. Norqulova boshchiligida batafsil o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik bazasi, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganligi, dorivor vositalarning mavjudligi, shuningdek, bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining samaradorligi atroflicha baholandi. Shu bilan birga, shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining professional faoliyati, qabul va navbat tizimining tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi ham diqqat bilan tahlil qilindi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish va aholiga sifatli, samarali va uzluksiz tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur monitoring tadbirlari aholining sog‘ligini muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan doimiy ishlar doirasiga kiradi.

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi

Slide 1 of 3