Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish va hamjihatlik masalalari muhokama qilindi
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida

 2026-yil 16-fevral kuni soat 10:00 da Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n yettinchi sessiyasi tuman hokimligining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 

  Sessiyada dastlab tuman prokurorining 2025-yilda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi. Ta’kidlanganidek, o‘tgan yil davomida profilaktik tadbirlar kuchaytirilib, jinoyatchilikni barvaqt oldini olishga qaratilgan manzilli choralar ko‘rilgan. 

  Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, tumanda korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitildi.
Hisobotda huquqbuzarliklar profilaktikasi, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha olib borilgan ishlar tahlil qilindi.
 

  Kun tartibidagi navbatdagi masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-sonli hamda 2022-yil 12-iyuldagi PQ-316-sonli qarorlarining ijrosi yuzasidan 2025-yilda tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida bo‘ldi. “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, harakat
xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilgani qayd etildi.
 

  Sessiyada tuman Adliya bo‘limining 2025-yilda norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan
axboroti, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining amalga oshirgan ishlari, tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining aholi salomatligini saqlash borasidagi hisoboti ham tinglandi. Ushbu yo‘nalishlarda ta’lim sifati, tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
 

  Bundan tashqari, O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Sho‘rchi tumani bo‘limining 2025-yildagi faoliyati sarhisob qilindi. Mahallalarda ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish, aholining muammolarini manzilli hal etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarida amalga oshirilgan ishlar e’tirof etildi. 

  Sessiyada, shuningdek, tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan 2025-yilda ajratilgan mablag‘lar va ularning maqsadli sarflanishi yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M. Chorshanbiyevning hisoboti ko‘rib chiqildi. Mablag‘larning samarali va shaffof sarflanishi yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va tavsiyalar bildirildi. 

  Yig‘ilish yakunida Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi doimiy komissiyalarining 2025-yildagi faoliyati
sarhisob qilinib, komissiyalar tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
 

  Sessiya davomida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi. 

   

Slide 1 of 1