Yangiliklar

🔰Sifatli tibbiy xizmat – deputatlar e’tiborida

🔰Sifatli tibbiy xizmat – deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Murg‘ak” mahallasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.
🌏O‘rganish davomida hudud aholisi uchun tibbiy yordamning o‘z vaqtida va sifatli tashkil etilishi, tibbiyot xodimlarining faoliyati, fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud muammolar holatiga e’tibor qaratildi.
🌏Shuningdek, aholining murojaatlari tinglanib, tibbiy xizmatlardan foydalanishda uchrayotgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan fikr almashildi.
🌏O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish va fuqarolar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan takliflar bildirildi.
👉O‘rganishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 9