Yangiliklar

ISH REJA IJROSI

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov tomonidan kotibiyat ish rejasi ijrosi doirasida tuman markazidagi 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tanqidiy-tahliliy o‘rganildi.
O‘rganish davomida muassasaning isitish tizimi, mavjud shart-sharoitlar, elektr va gaz ta’minoti, xonalarning mavsumga tayyorligi hamda xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavsumni betalafot va barqaror o‘tkazish uchun zarur choralarni o‘z vaqtida ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini yakuniga yetkazish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalasi nazoratga olindi.

Slide 1 of 5