Yangiliklar

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA XATLOV ISHLARI OLIB BORILMOQDA

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA XATLOV ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Tuman Kengashi deputati U.Esonaliyev G’urumsaroy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda oilalarning muammolarini aniqlashga qaratilgan ishlarni tashkil etmoqda.

Jumladan, PF-193-son Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida mahallada xonadonma-xonadon xatlov ishlari olib borilmoqda. Jarayonda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mavjud muammolari, bandlik masalalari va daromad manbalarini oshirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha choralar belgilanmoqda.

Slide 1 of 2