Yangiliklar

Kengash raisi nazorati: Mahallalarda aholi bandligi masalalari o‘rganildi

Kengash raisi nazorati: Mahallalarda aholi bandligi masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi N.Abrarov Uch uyli mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan uchrashdi.

Jarayonda hududlarda aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, oilaviy daromadlarni ko‘paytirish va xonadonlarda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaat va takliflari o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Mazkur ishlar orqali aholi bandligini oshirish, oilalar daromadini ko‘paytirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali tashkil etish belgilandi.

Slide 1 of 3