PAXTAKOR MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI NAZORAT QILINDI
Xususan, ko‘p qavatli uylarning yo‘laklarini betonlashtirish ishlarining sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi nazoratga olingan. Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bilan tanishdi hamda mas’ullarga qurilish-bunyodkorlik ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarga rioya qilish va aholi uchun qulay sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi. Bunday amaliy ishlar mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va fuqarolarning yashash sharoitlarini yana-da yaxshilashga xizmat qiladi.