O‘rganish davomida mahalladagi kambag‘al oilalar holati, ularning muammo va ehtiyojlarini aniqlash, oilalar bilan individual ishlash hamda ularni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
➡️Shuningdek, kambag‘al oilalar a’zolarining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, daromad manbalarini kengaytirish hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
✅O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash va belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.