Yangiliklar

🇺🇿 Sangzor mahallasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 Sangzor mahallasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev boshchiligida “Sangzor” MFYda yoshlar tarbiyasida keksalarning boy hayotiy tajribasidan foydalanish hamda avlodlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash maqsadida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Tadbirda ko‘p yillar davomida yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan mehnat faxriylari, o‘rta avlod vakillari hamda mahalla yoshlari jam bo‘lishdi. Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda nuroniylar o‘zlarining hayot yo‘llari, bosib o‘tgan qiyinchiliklari va bugungi tinch-osuda kunlarning qadriga yetish haqida so‘zlab berdilar. Bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va kattalarga hurmat tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3