Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M.Salimova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji mavjud oilalar ro‘yxati, ularning ijtimoiy holati hamda ularga ko‘rsatilayotgan moddiy va amaliy yordamlar bilan tanishildi.
➡️Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish, bandligini ta’minlash, mavjud imkoniyat va imtiyozlardan foydalanishiga ko‘maklashish hamda turli ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish yo‘nalishlaridagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
✅O‘rganish yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlashda manzillilik va samaradorlikni oshirish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ko‘rsatilayotgan yordamlarning natijadorligini nazorat qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.